Terminalga birinchi marta kirgan odam odatda bitta savol bilan qoladi: «men hozir qayerdaman va bu yerda nima bor?»
Grafik muhitda bunga papkani ochib javob berasiz. Terminalda esa buni bitta qisqa buyruq qiladi — ls. Bu kitobdagi birinchi buyruq va u har kuni, har bir sysadmin ishida ishlatiladi.
Bu bobda nima bo'ladi
lsbilan papka ichini ko'rasiz- Har bir fayl haqida batafsil ma'lumot olasiz
- Yashirin fayllarni topasiz
- Ro'yxatni hajm va sana bo'yicha saralaysiz
- Buyruqning o'z yordamini qanday o'qishni bilib olasiz
Qanday ishlaydi
Chap tomonda matn, o'ng tomonda haqiqiy Linux terminali. Matndagi buyruqlarni o'ng tomonga o'zingiz terib, Enter bosasiz. Nusxa olish tugmasi ham bor, lekin qo'lda terganingiz foydaliroq — barmoq shunday o'rganadi.
Xato qilishdan qo'rqmang. Bu sizning shaxsiy muhitingiz — buzsangiz ham hech kimga zarari yo'q, sahifani yangilasangiz hammasi joyiga qaytadi.
Boshladikmi?